«uzauto motors» tegli maqolalar


Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki qulay shartlardagi avtomobil xaridini taklif qilmoqda
24 aprel 2024, 09:00

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki qulay shartlardagi avtomobil xaridini taklif qilmoqda

Chevrolet va Ipak Yo‘li Banki`ning yangi taklifiga ko‘ra, brend avtomobillarini to‘rt yillik kredit asosida 15% boshlang‘ich to‘lov bilan sotib olish mumkin.

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin
23 aprel 2024, 09:00

Chevrolet avtomobillarini endi yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin

Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda.

UzAuto Motors 23-aprel kuni Damas uchun kontraktatsiyani ochadi
22 aprel 2024, 14:49 1

UzAuto Motors 23-aprel kuni Damas uchun kontraktatsiyani ochadi

23-aprel kuni soat 10:00 da UzAuto Motors belgilangan muddatda to‘lov qilinmagani tufayli avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Damas avtomobillari kontraktatsiyasini qayta ochadi. Narxlar o‘zgarishsiz qoladi.

UzAuto Motors`ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 81 foizni, ADM Jizzakh`niki 5,5 foizini tashkil etmoqda
9 aprel 2024, 17:13

UzAuto Motors`ning O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushi 81 foizni, ADM Jizzakh`niki 5,5 foizini tashkil etmoqda

2023-yilda UzAuto Motors 4,85 mlrd dollarlik 369,99 ming dona avtomobil ishlab chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozorining 81 foizini egalladi. ADM Jizzakh ulushi 5,5 foizni tashkil etgan, bozorning qolgan ulushi import, jumladan, 291 mln dollarlik 8948 ta BYD avtomobili hissasiga to‘g‘ri keldi.

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi
28 mart 2024, 14:41

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 29-mart kuni Labo avtomobili uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi. Kompaniya narxlar o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors
12 mart 2024, 17:52

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors

UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidladi. “Kontraktatsiya jarayoni olib borilmayotganini inobatga olib, chevrolet.uz saytidagi narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxini oshirdi
12 mart 2024, 15:32

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari narxini 3,5−6,7 foiz oralig‘ida oshirdi. Kompaniya, shuningdek, bosqichma-bosqich dilerlarga keyinchalik sotish uchun avtomobil sotib olish imkonini beradigan “rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan sotuv tizimi”ni joriy qiladi.

Endi Chevrolet Onix` ni yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin
21 fevral 2024, 19:00

Endi Chevrolet Onix` ni yanada qulay shartlarda xarid qilish mumkin

UzAuto Motors hamda InfinBANK`dan yangi taklifga binoan endi Chevrolet Onix avtomobilini yiliga 16,99 foiz stavka bilan kreditga sotib olish mumkin.

UzAuto Motors 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddatini 10-yanvargacha uzaytirdi
28 dekabr 2023, 17:20 1

UzAuto Motors 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddatini 10-yanvargacha uzaytirdi

UzAuto Motors 2023-yilning 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddati bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors xaridorlar “sotuvga” joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi
28 dekabr 2023, 15:47

UzAuto Motors xaridorlar “sotuvga” joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.

UzAuto Motors 2024-yildagi Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi
27 dekabr 2023, 11:51 3

UzAuto Motors 2024-yildagi Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi

UzAuto Motors 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi. 25−27-dekabr kunlari ommabop avtomobillar kontraktatsiyasi davrida jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berildi.

UzAuto Motors va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar eksportdagi “yo‘l xarajatlari” uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m oladi
26 dekabr 2023, 18:31

UzAuto Motors va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar eksportdagi “yo‘l xarajatlari” uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m oladi

UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi
25 dekabr 2023, 12:54

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi

UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi
22 dekabr 2023, 09:25

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani 22-dekabr kuni soat 12:00 da ochadi. Shartnoma faqat onlayn tarzda rasmiylashtiriladi va shu kunlarda barcha dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chirilib, avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi
14 dekabr 2023, 17:02

UzAuto Motors vaqtida olib ketilmagan avtomobillar keyingi mijozga berilishidan ogohlantirdi

UzAuto Motors mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi. Aks holda kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi
4 dekabr 2023, 20:10 2

UzAuto Motors 2024-yil yanvaridan Gentra/Lacetti ishlab chiqarishni to‘xtatadi

2024-yil yanvaridan UzAuto Motors Gentra/Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Gentra uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvati yangi modellarga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi kompaniya.

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi
15 noyabr 2023, 09:15

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi

UzAuto Motors Chevrolet Onix`ning beshta pozitsiyasi narxini sezilarli darajada oshirdi. Endi eng arzon Onix 149 mln so‘m o‘rniga 177 mln so‘mdan sotilmoqda. Kompaniya narxlarning oshishi sabablarini ochiqlamadi.

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
7 noyabr 2023, 23:43

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi
3 noyabr 2023, 09:57

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi
30 oktabr 2023, 13:30

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi

Internetda 30-oktabrdan boshlab Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi bu ma’lumotni rad etib, dilerlik markazlarida katta navbatlar hosil bo‘lganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting